Toshkent viloyatida Cobalt o‘quvchi qizni urib yubordi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 30 sentyabr kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida Cobalt haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB xabar berdi.

Hodisa soat 07:45 larda tuman hududidan o‘tgan D 014 “G‘azalkent - Chirchiq - Yangibozor - Jumabozor - O‘rtasaroy - Nurafshon” avtomobil yo‘lining 41-kilometrida joylashgan 14-sonli maktab qarshisida sodir bo‘lgan. 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi M.N. Cobalt rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan piyoda 2013 yilda tug‘ilgan 14 maktab o‘quvchisi M.A.ni urib yuborgan.

Piyodaga markaziy shifoxonada birinchi yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ahvoli yaxshiligi sababli o‘quvchiga shifoxonadan ruxsat berilgan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23 sentyabr kuni Samarqand viloyatida Tracker piyodalar yo‘lagidan velosipedda o‘tayotgan 12 yoshli bolani urib yuborgan, velosipedchi tan jarohati olib Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'quvchi Cobalt Yuqori Chirchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing