Toshkent viloyatida ayol shar’iy nikohdagi erini o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida ayol shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘ini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Voqea bugun, 12 oktyabr kuni tunda soat 01:30 da yuz bergan. Ohangaron shahri, Ohunboboyev mahallasida yashovchi fuqaro 1994 yilda tug‘ilgan Z.K. (ayol) xonadonida shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i 1989 yilda tug‘ilgan A.Sharipov (erkak) bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, kelishmovchilik sababli o‘zaro janjallashib qolgan. Shu payt u oshxona pichog‘i bilan erining ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

12 oktyabr kuni shahar prokuraturasi tomonidan Z.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Ohangaron

Baholaganlar

668

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made