Toshkent viloyatida 57 tup ko‘p yillik daraxtlar kesib tashlandi
3-sahifa
−
22 dekabr 2022
3746Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida bir necha yillik daraxtlar kesib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi ma’lumot berdi.
O‘rganishlarga ko‘ra, Parkent tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Davlat xizmatlari agentligiga yo‘llangan arizada quriyotgan yoki qurib qolgan 6 tup yovvoyi olma, 16 tup terak, 12 tup Zarafshon archasi, 25 tup past bo‘yli qayrog‘och, 8 tup shumtol, 6 tup zarang bargli chinor daraxtlarini kesishga ruxsat so‘ralgan.
Biroq Parkent (Krasnogorsk) qo‘rg‘oni hududidagi “Oydin”, “Toybuloq”, “Said ota”, “Fayzobod” mahallasi hududlari ko‘zdan kechirilganda jami 57 tup ko‘p yillik sog‘lom daraxtlar tag qismidan noqonuniy kesilgani aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda, uning natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi