Toshkent viloyatida 45 yoshli erkak tanishini bolta bilan urib, o‘ldirdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatida spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan 45 yoshli erkak tanishining boshiga bolta bilan urib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Uning ma’lum qilishicha, joriy yilning 5 iyun kuni soat taxminan 21:00 atrofida Toshkent tumani "Sarke" MFY Yonariq ko‘chasida joylashgan uyda fuqaro K.K. tanishi M.A. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘rtalarida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. Shu jarayonda K.A. tanishi M.A.ni qasddan o‘ldirish maqsadida uni bosh sohasiga temirdan yasalgan bolta bilan urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda M.A. voqea joyida vafot etgan.

K.A. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan hamda IIV Jazoni ijro etish departamentiga qarashli 1-sonli tergov hibsxonasi muassasasiga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing