Toshkent viloyatida 4 egizak tug‘ildi
Jamiyat
−
26 yanvar 2022 8995 1 daqiqa
Kecha, 25 yanvar kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida 4 egizak dunyoga keldi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qibray tumani “Birlik” mahallasida yashovchi Toirovlar oilasida 2 o‘g‘il va 2 qiz farzand dunyoga kelgan.
“Qibray tuman hokimligi egizaklarning ota-onasi Toirov Javoxir va Toirova Malikalarni ushbu quvonchli kun bilan samimiy tabriklaydi”, deyiladi xabarda.
Egizaklarning otasi Javoxir Toirovga ko‘ra, hozirda farzandlarining ahvoli qoniqarli darajada.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr