Toshkent viloyatida 300 dan ortiq qidiruvda bo‘lgan shaxslar ushlandi 

Jamiyat

image

Joriy yilning dastlabki 8 oyida Toshkent viloyat IIBB tomonidan 300 nafardan ortiq qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, Ichki ishlar sohaviy xizmat xodimlari firibgarlik, o‘g‘irlik, bosqinchilik va boshqa turdagi jinoyatlarni sodir etib, tergov va sud organlaridan yashiringan 300 nafardan ortiq qidiruvdagi shaxslarni qo‘lga olgan.

Jumladan kecha, 6 sentyabr kuni viloyat IIBB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan Qashqadaryo viloyatida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan A.R. ushlangan va unga nisbatan e’lon qilingan qidiruv to‘xtatilgan.

Shuningdek, Yangiyo‘l shahrida tungi xizmatdagi PPX xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, 1987 yilda tug‘ilgan Surxondaryo viloyatida yashovchi O.G. aniqlanib ushlangan.

Bundan tashqari, Toshkent tumanida ham viloyat IIBB 4-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan xizmat davomida Jinoyat kodeksi 169-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatini sodir etib, tergovdan yashirinib yurgan Jizzax viloyatida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan B.M aniqlanib, ushlangan.

Bekobod tumanida Jinoyat kodeksining 169-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan 1967 yilda G.M. (ayol) 3-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan aniqlanib, qidiruv to‘xtatilgan.

Shuningdek, tadbirlar davomida 44 nafar bedarak yo‘qolgan shaxslar aniqlangan va tegishli yordamlar ko‘rsatilib, oilasiga qaytarilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

415

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing