Toshkent viloyatida 3 ta kurort qurishga 514 mln dollar jalb qilinadi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida uchta kurort qurish uchun 514 million AQSH dollari jalb qilinishi rejalashtirilyapti. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

“Chorvoq” erkin turistik zonasida “Chimyon” va “Beldirsoy” xalqaro tog‘-chang‘i majmualari barpo etish rejalashtirilgan. Majmualarning loyihalari fransuz kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Ushbu loyihalarga ajratiladigan investitsiyalar miqdori 263, 7 million va 178, 4 million dollarga baholanmoqda. 

Bundan tashqari, “Nanay” ekoturistik majmuasini qurish uchun 62, 4 million dollar ajratiladi. 

“Toshkent viloyatida uchta – Chimyon, Beldirsoy va Nanay xalqaro darajadagi kurortlarni barpo etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Amirsoy va Yusufxona bo‘yicha loyihalar ham davom ettirilmoqda. Ushbu loyihalar doirasida 40 kilometrdan ortiqroq turistik tog‘-chang‘i trassalari, 100 turdagi yangi turistik xizmatlar,  mehmonxonalarda 25 mingtadan ortiq yotoqlar, 3000 ta yangi ish o‘rni yaratiladi”, dedi Aziz Abduhakimov.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati kurort

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing