Toshkent viloyatida 3 ta avtomobil to‘qnashib, yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 24 avgust kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida 3 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa soat taxminan 07:30 larda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tgan D002 “Toshkent-Nurafshon” avtomobil yo‘lining 9-kilometrida sodir bo‘lgan. 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi Labo rusumli avtotransportni qayrilib olish mumkin bo‘lgan joydan qayrilayotgan vaqtida o‘z yo‘nalishida kelayotgan Lacetti va Tracker rusumli avtomobillar bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Qayd etilishicha, YTH oqibatida avtomobillarda yong‘in kelib chiqqan. Hozirda yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan to‘liq o‘chirilgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida harakat ishtirokchilari jarohat olmagan.

Hozirda holat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida Cobalt haydovchisi yo‘ldan siqib, chiqarib yuborishi oqibatida Spark yo‘l chetida ag‘darilib ketgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing