Toshkent viloyatida 20 yoshli yigit is gazidan zaharlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida 20 yoshli yigit is gazidan zaharlanib, komaga tushdi. Bu haqda “Milliy” telekanalining “Millar” dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, o‘sha kuni yigit uyda yolg‘iz bo‘lgan. Kechki payt uyquga ketishidan oldin o‘zi turgan xona sovib ketmasligi uchun gaz pechini yoniq qoldirgan. Oqibatda pech tirqishidan chiqqan is gazidan zaharlangan. Tong otib kechga yaqin ham o‘rnidan turmagan yigitni bir kun oldin mehmonga ketgan onasi uyga qaytganda ko‘rib qolgan. Shoshilinch tarzda tez tibbiy yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan.

“Yigit is gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga olib kelinganda bemorning ahvoli o‘ta og‘ir, koma-2 holatida bo‘lgan. Unga dastlabki tez tibbiy yordam choralari amalga oshirilgan. Hozirda sun’iy o‘pka ventilyatsiya apparatiga olindi. Muolajalardan so‘ng ahvoli biroz yaxshilandi. Hozirgi ahvoli koma-1 holatida”, deydi reanimatolog Umid Sirojov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing