Toshkent viloyatida 2 erkak $15 ming sabab ayolning mashinasini yoqib yubordi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol mashinasida chaqalog‘ini emizish uchun to‘xtagan vaqtda 2 kishi tomonida hujum bo‘lgani, oradan vaqt o‘tib esa avtomobili yoqib yuborilgani, Ichki ishlar xodimlari kerakli dalillari bo‘lsa ham chora ko‘rmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Assalomu alaykum. Sizlarga chorasizligimdan murojaat qilyapman. Angren shahar IIBda umuman haqiqat yo‘q. IIB xodimlari tekinga ishlayotganga o‘xshaydi, faqat tanish-bilishchilik bo‘lib ketdi, hammasi jinoyat yashirish bilan ovora. Chunki orqasida IIB "kurator"lari turibdi. O‘tgan yilning 27 dekabr kuni mashinamni yo‘l chekkasida chaqalog‘imni emizish maqsadida to‘xtatganimda menga 2 kishi tomonidan hujum bo‘ldi. Ular 8 yoshli qizim yig‘lashiga qaramasdan bosim qilishda davom etishdi. Joriy yilning 24 yanvar kuni esa uyim oldida mashinamga benzin kuyib yoqib yuborishdi. Kuzatuv kamerasida hammasi bor. Lekin hanuzgacha IIB xodimlari telefonimga, arizalarimga xam javob berishmayapti. Qo‘rquv ostida farzandlarim bilan yashab kelyapman”, deyiladi ayol murojaatida.

Ushbu holatga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi izoh berdi. 

Qayd etilishicha, ayolning murojaati o‘rganilib, IIB tezkor xodimlari tomonidan mashinani yoqib yuborishda gumonlangan shaxs qo‘lga olingan. Shuningdek unga nisbatan tegishli tartibda ta’sir choralari ko‘rilib, material sudga yuborilgan. 

Aniqlanishicha, ushbu hodisaga gumonlanuvchi va ikkinchi tomon o‘rtasida 15 000 AQSH dollari miqdorda qarz oldi-berdi masalasi sabab bo‘lgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, tarqalgan videoda mashina go‘yoki portlatib yuborilgandek, vahimali rakursdan taqdim etilgan bo‘lsa-da, aslida Spark'ning orqa bufer qismi va chap chirog‘i yonib, erigan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

701

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing