Toshkent viloyatida 143 mln dollarlik qarz hisobidan suv inshooti qurilmoqda

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida suvni tozalash va ta’minlash inshooti qurilmoqda. Loyihaning qiymati 143,8 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi “Qodiriya” suv tozalash inshooti Toshkent, Qibray va Zangiota tumanlari aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlaydi.

Qayd etilishicha, ob’ekt foydalanishga topshirilgandan keyin viloyat aholisini ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 60 foizdan 92 foizgacha oshadi. Shunday qilib, 58 ta mahalla toza ichimlik suviga ega bo‘ladi.

Hokimlikka ko‘ra, ushbu loyiha qurilishi mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2019 yilning mart oyida boshlangan. Inshoot qurilishiga Osiyo Taraqqiyot Banki kredit mablag‘i ajratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

306

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing