Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining sobiq rahbari qamoqqa olindi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining sobiq rahbari Komiljon Adilov talon-taroj qilish ayblovi bilan qamoqqa olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 va 209-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan Nurafshon shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi doirasida, joriy yilning 21 may kuni viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘iga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “a, v, g” bandlari bilan ayb e’lon qilinib, sudning ajrimi bilan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining qayd etishicha, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

857

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing