Toshkent viloyati prokurori va IIBB boshlig‘i ham ishdan ketishi kutilyapti
Jamiyat
−
30 yanvar 2021
11919Ayni vaqtda Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident Adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomidinov ishtirok etmoqda.
Prezident adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov kun tartibidagi masala yuzasidan fikr bildirib, viloyat sektor rahbarlarining lavozimga munosiblik masalasi ham ayni paytda davlat rahbarining e’tiborida ekanini ta’kidladi.
Xususan, viloyat prokurori, IIBB boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, "vazifasini bajaruvchi" maqomida vaqtincha ishlashi, Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi aytildi.
"Bu qaror, berilgan muddat bu ikki rahbarga o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat", deya ta’kidlandi yig‘ilishda.
Avvalroq, Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik.
Uning o‘rniga Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Davron Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi.
LiveBarchasi