Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 22 dekabr kuni Toshkent viloyat hokimligi binosida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va viloyat hokimi Rustam Xolmatov ishtirokida hududda xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi rahbari lavozimiga tayinlangan Sirojiddin Qodirov soha vakillariga tanishtirildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, unga viloyatdagi maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni sifatli ta’lim olishishida shart-sharoitlar yaratish, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga kirish natijalarini yaxshilash hamda muassasalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha qator vazifalar yuklangan.


 
Sirojiddin Raxmonovich Qodirov shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining Ijod maktablari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing