Toshkent viloyati IIBB tajovuzga uchragan 14 yoshli qiz bo‘yicha izoh berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kuni kecha O‘zAda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida 2020 yilning sentyabr oyida 14 yoshli qizaloq o‘g‘irlanib, zo‘rlangani haqida xabar e’lon qilindi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati 14 yoshli qizaloqning nomusiga tekkan shaxslar bilan bog‘liq holat bo‘yicha izoh berdi. Unga ko‘ra, hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan prokuratura organlari va viloyat IIBB nazoratida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yil 16 sentyabr kuni O‘rta Chirchiq tumanda yashovchi fuqaro B.A. tuman IIBga ariza bilan murojaat qiladi. 

Arizada 2006 yilda tug‘ilgan qizi D.O. 11 sentyabrda uydan chiqib, bedarak yo‘qolganligini, uni topishda ko‘mak so‘raydi. O‘rta Chirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida voyaga yetmagan qiz 26 sentyabr kuni Nurafshon shahrida ekanligi aniqlanadi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, uyiga qaytariladi.

Holat bo‘yicha voyaga yetmagan D.O. bilan o‘tkazilgan suhbatda haqiqatan ham 2020 yil 11 sentyabr kuni o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan fuqaro A.X. bilan birgalikda chiqib ketganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, gumondor 1991 yilda tug‘ilgan A.X. o‘z ko‘rsatmasida, fuqaro D.O. unga o‘zini 2000 yilda tug‘ilganligini aytib tanishtirganini va ijarada yashash uchun uy topib berishini so‘raganini, shu sababli unga Nurafshon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birini ijaraga olishga yordamlashganini, lekin ijara uyda D.O.ning bir o‘zi yashaganligini ma’lum qilgan.

Surushtiruv davomida, voyaga yetmagan D.O. uyidan chiqib ketgan vaqtda otasi B.A. turmush o‘rtog‘i D.A. bilan (2017 yildan 2020 yil 16 sentyabrgacha) Rossiyada bo‘lganliklari aniqlangan.

Voyaga yetmagan D.O.ga nisbatan tayinlangan sudga oid psixiatriya va psixologiya kompleks ekspertizasi xulosasi olinmaganligi sababli 2020 yil 30 oktyabrda jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan dastlabki surishtiruv harakatlari to‘xtatilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi qayta tiklangan va tergov jarayonida barcha holatlar aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati tajovuz

Baholaganlar

1589

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing