Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Jamshid Hakimovich Bobojonov Toshkent viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, Bobojonov 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2007 yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. 

U lavozimiga tayinlangunga qadar “Milliy PR markazi” DUK direktori lavozimida mehnat qilayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

127

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing