Toshkent viloyati hokimiga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Nilufar Normirzayeva Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Nilufar Normirzayeva Anvarjanovna Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Nilufar Normirzayeva 1976 yil Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.  Mutaxassisligi – musiqa o‘qituvchisi, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi. U faoliyati davomida Yangiyo‘l tumani hokimligining bir qator mas’ul lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hokimi qarori bilan Xurshid Abduvahobovich Qoraboyev viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nilufar Normirzaeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar