Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga Muzaffar Yusupaliyevich Fayziyev tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimlig Matbuot xizmati xabar berdi.

Muzaffar Fayziyev 1979 yili Piskent tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – marketolog, moliyachi.

U mehnat faoliyatini 2000-yili Toshkent viloyati moliya boshqarmasi hisobxona bo‘limi 1-darajali iqtisodchisi vazifasidan boshlagan. Shundan so‘ng, mazkur boshqarmada bosh ekspert, bosh iqtisodchi, bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari vazifalarida ishlagan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasi, Toshkent viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi, Toshkent viloyati moliya boshqarmasi rahbarlik lavozimlarida mehnat qilgan. 

Muzaffar Fayziyev, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasida mas’ul vazifalarda ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Muzaffar Fayziev

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing