Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Ayni vaqtda Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. 

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident Adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomidinov ishtirok etmoqda.

Sessiya ishida Ulug‘bek Uzoqov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ulug‘bek Uzoqov ayni paytga qadar Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. U Jizzax viloyati hokimi sifatida ham ishlagan. Unga qadar esa Vazirlar Mahkamasi departamentlaridan birini boshqargan.

Ma’lumot uchun, Botir Alimbekov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Avvalroq, Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Davron Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing