Toshkent viloyati hokimi Senat a’zosi bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi bo‘ldi. Bu haqda bugun, 24 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Senat a’zosi saylovini o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma majlisda ma’lum qilindi.  

Sanoq komissiyasi xulosasiga ko‘ra, qo‘shma majlisda 535 ta deputat ishtirok etib, ovoz berish jarayonlarida 531 kishi qatnashgan. Undan 4 ta saylov blyuteni haqiqiy emas deb topilib, 9 ta blyutendan foydalanilmagan.  

Qo‘shma majlisda ovoz berishda ishtirok etgan deputatlarning 518 nafari Davron Hidoyatovni yoqlab ovoz bergan. Natijalarga ko‘ra, viloyat hokimi Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi.

Ma’lumot o‘rnida, Davron Hidoyatov joriy yil 19 martda Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing