Toshkent va uning atrofidagi issiqxonalarga mol-mulk va yer solig‘i 10 baravar oshiriladi

Jamiyat

image

Toshkent va uning atrofida joylashgan issiqxonalarga mol-mulk va yer solig‘i 10 baravar oshiriladi. Bu haqda joriy yilning 16 iyul kuni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “Respublikaning ayrim hududlarida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahri, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota va Toshkent tumanlarida joylashgan issiqxonalar band qilgan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlar uchun belgilangan soliq stavkasining o‘n baravari miqdorida belgilanadi. Bunday yer uchastkalariga soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi.

Ushbu qoidalar isitish qurilmalari (qozonxonalari) demontaj qilingan issiqxonalar va elektr isituvchi issiqxonalar band qilgan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi. Ular bo‘yicha ma’lumotlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan taqdim etiladi.

Qayd etilishicha, o‘zgartish va qo‘shimchalar Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ekologik vaziyatiga issiqxona xo‘jaliklarining salbiy ta’sirini kamaytirish, issiqxonalarni isitishda ekologik jihatdan xavfsiz va energiya tejamkor texnologiyalarni rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yil 1 oktyabrdan Toshkent shahri va tutash hududlarda yangi issiqxona tashkil etish cheklanishi haqida xabar berilgan edi. Shunigdek, Toshkent shahridagi ekologiyaga zarar keltirayotgan korxonalar Toshkent viloyatidagi bo‘sh yerlarga ko‘chirilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing