Toshkent va Qashqadaryoda qalbaki pulni muomalaga kiritganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
17 dekabr 2021
8025Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida 2 yevro nominalidagi 2 470 dona 4 940 yevro miqdoridagi tangalar va 20 dona qalbaki 100 ming so‘m kupyuradagi qalbaki pullar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirobod tumanida bank muassasasiga qarashli “Markaz” nomli valyuta ayriboshlash shoxobchasiga topshirilgan 2 yevro nominalidagi 2 470 dona 4 940 yevro miqdoridagi tangalar qalbaki ekanligi aniqlangan. Qalbaki tangalar amaliyot boshqarmasining kassa amaliyotlari va naqd pul muomalasi bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu valyutalar tekshirilmasdan qabul qilingan. Buning natijasida bankka 59,3 million so‘m zarar yetkazilgan.
Xuddi shunday holat, Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. “M” MCHJ mol bozorida 2 bosh qo‘ylarini sotish evaziga o‘ziga notanish bo‘lgan shaxslardan olgan 2,1 million so‘m pullardan 100 ming so‘m kupyuradagi 20 donasi qalbaki bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi