Toshkent tibbiyot akademiyasi shifoxonasi “svet”siz qoldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Toshkent tibbiyot akademiyasi (instituti) shifoxonasi  elektr energiyasidan uzilgani, bemorlaard sovui xonada qolib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati ma’lumot berdi.

Kecha, 18 dekabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi yuqori kuchlanishli “Vodil” podstansiyasidan ta’minlanuvchi yer ostidan o‘tgan kabel tarmog‘i uzib yuborilishi oqibatda avariya holatida ta’minotda o‘chishlar kuzatilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasida (instituti) ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan avariya holatini to‘xtatish maqsadida yer qazish ishlarini olib borish vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida hududdagi “Vodil”dan chiquvchi yuqori kuchlanishli yer ostidan o‘tgan kabel tarmoqlari shikastlanishi oqibatida avariya holati yuzaga kelgan. 

Ushbu holat bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishdagi avariya holatlarini barataraf etish maxsus tezkor ishchi-brigada xodimlari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor ta’mirlash ishlari olib borilgan. Shu kunning o‘zida bino elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing