Toshkent-Termiz yo‘li 40 mln dollardan ortiq mablag‘ evaziga ta’mirlanadi

Jamiyat

image

M39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 21 kilometr bo‘lgan ikkita uchastkasini rekonstruksiya qilish uchun 40,7 mln dollar ajratiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabridagi №827 qarorida so‘z boradi.

Hujjatga ko‘ra:

•  Magistral yo‘lning 1395-1400 va 1410-1426 km uzunlikdagi uchastkalarini ta’mirlash loyihasi Islom taraqqiyot banki (ITB) ishtirokida amalga oshiriladi;

•  35,1 mln dollarlik kredit muddati 20 yilni tashkil etadi. Qolgan 5,5 mln dollar soliq imtiyozlarini hisobga olgan holda O‘zbekistonning hissasi hisoblanadi; 

•  kredit va foizlarni qaytarish, shuningdek komissiya to‘lovlari va vositachilik xarajatlari qoplanishi Davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Jumaniyazovich Ramatovga yuklangan.


Maqola muallifi

Teglar

Islom taraqqiyot banki Ochilboy Jumaniyazovich Ramatov

Baholaganlar

203

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing