Toshkent Shimoliy vokzali tunnelida transport harakati cheklandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan Shimoliy vokzal tunnelida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, poytaxtning Kichik halqa yo‘li Shimoliy vokzal tunnelida avtotransportlar harakati bugun, 5 avgust kuni soat 23:00 dan 6 avgust 09:00 ga qadar va 6 avgust 23:00 dan 7 avgust 09:00 ga qadar vaqtincha to‘xtatiladi. Cheklovga “Uch qahramon” badiiy filmining navbatdagi epizodlari aynan shu yerda tasvirga olinishi sabab qilib olingan.

“Tasvirga olish jarayonida barcha xavfsizlik choralari ko‘riladi. Poytaxtimiz aholisi va mehmonlaridan yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz” , deyiladi hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent cheklov transport harakati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing