Toshkent shahridagi ochiq maydonda kuchli yong‘in bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
08 Iyul 2023 9030 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida joylashgan “zapravka” ro‘parasida dahshatli yong‘in bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, bugun, 8 iyul kuni soat 12:54 da Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan jar bo‘yida taxminan 200-250 metr kvadrat maydonda shox-shabba va chiqindilar yongan. Shunga ko‘ra, 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:03 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:07 da o‘rab olingan va oradan uch daqiqa o‘tib yong‘in o‘chirilgan.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr