Toshkent shahridagi binolardan birida yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Bugun 21 avgust kuni Toshkentning Sergeli tumanida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Sergeli tumani, Sa’diy ko‘chasida joylashgan vaqtincha foydalanilmayotgan binoning ichki qismida chiqindi yonayotganligi to‘g‘risida soat 19:06 da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:12 da voqea joyiga yetib borgan. Soat 19:18 da qurshab olingan yong‘in 19:22 da batamom o‘chirilgan. To‘plab qo‘yilgan 80 kv.m. maydonda chiqindilar yongan.

Xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

241

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing