Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 4 yanvar kuni Toshkent shahrining ayrim ko‘chalari harbiy-vatanparvarlik paradi o‘tkazilishi munosabati bilan yopiq bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha;

  • Qoraqamish-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab KHAY-Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
  • KHAY-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon-Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
  • Nurafshon-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Farobiy-Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
  • Zarqaynar-Sag‘bon ko‘chalari aylanma harakatidan, Zarqaynar ko‘chasi bo‘ylab Zarqaynar-Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
  • Zarqaynar-Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat-Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
  • Furqat-Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat-Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismlarda 11.00 dan soat 13.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing