Toshkent shahrida Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqti ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi mamlakat bo‘ylab Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Toshkent shahri masjidlarida Qurbon hayiti namozi joriy yilning 9 iyul kuni ertalab soat 05:20 da o‘qiladi.

Boshqa viloyat va hududlarda esa, namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib, quyosh chiqqandan so‘ng o‘qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Qurbon hayiti bayrami 9 iyul sanasiga to‘g‘ri keladi. 

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam oladi. Bunda: 

● 9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
● 10 iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
● 11 iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
● 12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

762

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing