Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 1 aprel kuni Toshkent shahar hokimining tavsiyasiga asosan hamda Sportni rivojlantirish vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq Akbar Anvarovich Vakilov Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Akbar Vakilov 1968 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli, Toshkent davlat jismoniy tarbiya instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti)ni tamomlagan. Mutaxassisligi– yunon-rum kurashi murabbiyi.

Mehnat faoliyatini Olmazor tumanidagi 219-umumta’lim maktabida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Keyinchalik Sergeli tumani “Olimpiya umidlari” bolalar sport majmuasi direktori, Sergeli tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori, Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing