Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 19 oktyabr kuni Rahmatulloh Sayfuddinov Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib etib tayinlandi. Bu haqda Musulmonlar idorasi Matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Sayfuddinov Rahmatulloh ish faoliyati davomida Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor”, “Minor” jome masjidlarida imom-xatibi va shu kunga qadar Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtning avvalgi bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston muftiysi etib saylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

621

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing