Toshkent sambo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionatiga mezbonlik qiladi
Sport
−
09 iyun 2023
3117Toshkent sambo bo‘yicha 2025 yilgi Osiyo va Okeaniya chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 8 iyun kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida Osiyo-Okeaniya sambo uyushmasining navbatdagi Kongressi tashkil etilgan. Unda tashkilotga a’zo milliy federatsiya va assotsiatsiya vakillari jumladan, O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov ishtirok etgan.
Kongress davomida bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, oldinda turgan musobaqalarga mezbonlik qiladigan davlat nomlari ham aniqlab olingan.
Unga ko‘ra, 2025 yil sambo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionati mezbonligi uchun da’vogarlik qilgan Toshkent shahri varianti bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangan. Shu tariqa, 2 yildan keyingi chempionat O‘zbekiston poytaxtida o‘tkaziladi.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi