“Toshkent paxta tozalash zavodi”da yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatida joylashgan paxta tozalash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Unda jami 100 kg paxtaga zarar yetgani aytilmoqda.

Bugun, 16 aprel kuni soat 17:13 da Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani “Tinchlik” MFY Munavvar ko‘chasida joylashgan “Real Tekst” MCHJga qarashli “Toshkent paxta tozalash zavodi” hududida ochiq maydonga yoyib qo‘yilgan, taxminan 100 kilogramm “Namangan-77” 5-navli paxta xomashyosi yongan.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari yong‘in joyiga soat 17:20 da yetib borgan. Sodir bo‘lgan yong‘in soat 17:30 da o‘rab olinib, soat 18:10 da to‘liq bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, yong‘inni bartaraf etishga jami 3 ta yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalar hamda 20 nafar qutqaruvchi jalb qilingan.

Qutqaruvchilarning sa’y harakatlari natijasida 4 ta bunt taxminan 8 ming tonna paxta xomashyosi saqlab qolingan.

Sodir bo‘lgan yong‘inning kelib chiqish sababi, T-28 rusumli paxta ortish yuklama traktorining nosozligi deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing