Toshkent osmono‘par binolarga to‘lgan shaharga aylanolmaydi

Bu qiziq

image

O‘zbekiston poytaxtiga ko‘chib keluvchilar soni yildan-yilga ortib borayotgan bir vaqtda, Toshkent osmono‘par, baland binolarga qurshalgan shaharga aylanolmaydi. Bu haqda joriy yilning “ToshkentBoshPlanLiti” davlat unitar korxonasida bo‘lib o‘tgan Toshkentning 2045-yilgacha qurilish rejasi mavzusidagi matbuot anjumanida Saida’zam Sharipov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Ma’lumki, odamlarda shaharlashish (urbanizatsiya)ga ehtiyoj ortishi natijasida ko‘plab mamlakatlar shaharlarni kengaytirishga majbur bo‘ladi hamda bunday sharoitda dunyo mamlakatlari ikki usuldan foydalanadi. Ulardan birinchisi, mavjud shaharda baland, osmono‘par imoratlarning ko‘payishi hisobiga vertikal kengayish, ya’ni shaharning balandlashishidir.  

Vertikal rivojlangan shaharlarga Shanxay (Xitoy), Tokio (Yaponiya), Singapur (Singapur), Dubay (BAA) shaharlari kiradi. Ammo O‘zbekiston poytaxti Toshkent ular ortidan bora olmaydi. Buni esa “ToshkentBoshPlanLiti” urbanistlaridan biri Saida’zam Sharipov quyidagicha izohladi: 

“Vertikal shahar qachon sodir bo‘ladi, qachonki, o‘sha shaharning hududida katta talab bo‘lsa. Misol uchun Nyu-York, Los-Anjelas kabilar. Eng ko‘p vertikal rivojlangan shaharlar Osiyoda hisoblanadi. Bizning Toshkent shahrimiz vertikal rivojlanishi uchun talab yo‘q. Bundan tashqari, aholi soni ham muhim omil hisoblaniladi”, degan u. 

Qayd etilishicha, mazkur omillar sababli mutaxassislar O‘zbekiston poytaxtini gorizontal tarzda kengaytirmoqchi. Gorizontal kengayishda shahar hududi yangi, yondosh hududlar hisobiga kengayadi va binolar, inshootlar o‘sha hududlarda quriladi. Bunday urbanizatsiya namunalariga Rio-de Janeyro (Braziliya), Dehli (Hindiston) kabi shaharlar kiradi. 

Ammo poytaxt osmono‘par binolarga qurshalmasligiga boshqa bir sabab ham bor. Bu uning yer osti quvurlar infratuzilmasida ko‘plab muammolarga ega ekanligida. Yillar davomida yig‘ilib qolgan mayda muammolar bugungi kunga kelib katta bir shahar rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Bu muammolarga hozirdan boshlab yetarlicha yechim berilmas ekan, yaqin kelajakda poytaxt yaroqsiz shaharlar qatoriga kirib qoladi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing