Toshkent Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga hokimning yordamchisi rahbar bo‘ldi
Jamiyat
−
25 noyabr 2021
5832Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi Sanjar Umatov o‘z xohishiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Uning o‘rniga Anvar Xusnutdinovich Umarov bosh boshqarmaga rahbar etib tayinlandi.
Anvar Umarov 1963 yilda tug‘ilgan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.
U faoliyatini ushbu oliy o‘quv yurtida kichik ilmiy xodim sifatida boshlab, keyinchalik xalq xo‘jaligi va davlat hokimiyati idoralarida mas’ul vazifalarda ishlagan.
Keyingi paytda Toshkent shahar hokimining yordamchisi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.
LiveBarchasi