Toshkent metrosidagi poyezdning to‘xtab qolish sababi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
30 aprel 2021
13056Avvalroq Toshkent metrosi poyezdi “Novza” bekati yaqinida to‘xtab qolib, odamlar rels bo‘ylab piyoda yurib ketgani haqida xabar berilgandi. “Toshkent metropoliteni” UK holat yuzasidan tekshiruv olib bordi.
Natijalarga ko‘ra, Chilonzor yo‘nalishida “Buyuk ipak yo‘li” – “5-bekat” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan poyezd mashinisti “Milliy bog‘” va “Novza” bekatlari oralig‘ida salbiy vaziyatni oldini olish maqsadida favqulodda to‘xtashni amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi.
Mashinistning so‘zlariga ko‘ra, u poyezd harakatlanayotgan paytda oldindagi yo‘ldagi kontakt relslarni quvvatlovchi tokopriyomnikdan uchqun chiqayotganini ko‘rib qolgan. Ko‘rsatma (instruksiya) talablariga binoan, mashinist poezdning harakatini to‘xtatishga qaror qilgan.
Mashinist bu haqda tezkorlik bilan dispetcherga xabar bergan, yo‘nalishdagi xarakat tarkiblarni elektr ta’minotdan uzildi va shundan so‘nggina barcha yo‘lovchilar poyezddan “Novza” bekatigacha evakuatsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aksilmonopoliya qo‘mitasi Toshkent metrosi yo‘lovchi tashish majburiyatlarini buzgan deb topgandi.
LiveBarchasi