Toshkent metrosida metall detektorlar o‘rnatiladi

Jamiyat

image

Toshkent metrosining barcha bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalarini o‘rnatish ishlari boshlandi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, metropolitendan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa metropoliten xodimlaridan qo‘shimcha mas’uliyat va javobgarlikni talab etadi. Shuning uchun bekatlardagi xavfsizlik choralarini ta’minlash va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida metroning barcha bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalari o‘rnatiladi.

Shuningdek, metropoliten rahbariyati yo‘lovchilardan o‘zi va o‘zgalar xavfsizligiga befarq bo‘lmasliklarini hamda xavfsiz xizmat ko‘rsatilishida yaqindan yordam berishni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metropoliten metall detektor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made