Toshkent metrosida ikki poyezd to‘qnashgani aytilmoqda. Holatga izoh berildi

Jamiyat

0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosining “Beruniy” bekatida ikki poyezd to‘qnashgani aytilgan video tarqaldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Unga ko‘ra, ushbu kadrlar 7 aprel kuni soat 08:40 da texnik sabab bilan yo‘lovchilar “G‘afur G‘ulom” stansiyasida harakatlanuvchi tarkibdan tushib, zaxiraga kelgan navbatdagi poyezdga ko‘chirilayotgan payt metro yo‘lovchilaridan biri tomonidan suratga olingan. Yo‘lovchilar tushirilgan poyezd shatakka olinib, Beruniy stansiyasiga olib borilgan.

Shuningdek, xabarda ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki internetda yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik borligi eslatib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 mart kuni Toshkent metropolitenining Chilonzor va Sirg‘ali yo‘nalishlari orasida ikkita poyezd to‘qnashuvi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1272

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing