Toshkent metrosi stansiyalaridan suv o‘tyapti
3-sahifa
−
17 mart 2022
8551Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha kundan buyon davom etayotgan yog‘ingarchilik oqibatida Toshkent metropoliteni stansiyasiga suv sizib o‘tgani tasvirlangan video va suratlar tarqaldi. Ularda “Ming o‘rik”, “Beruniy” bekatlarida suv tomayotgan joylarga chelaklar qo‘yib qo‘yilganini ko‘rish mumkin.
“Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmatiga ko‘ra, yuz berayotgan hodisa oqibatida metropoliten mas’ul xodimlari hamda mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan.
Qayd etilishicha, tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘ir hamda namgarchilik oqibatida yer osti va yer usti qismlarida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish mumkin emas. Kunlar isishi bilan ushbu ta’mir ishlari boshlanishi mumkin.
“Kunlar isishi bilan ushbu ta’mir ishlari boshlanishi mumkin. Barcha fuqarolardan ushbu vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini so‘raymiz!”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi