Metroga savdo maydonchalari qaytariladi

Jamiyat

image

Toshkent metropolitenida savdo maydonchalari qayta ochiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu kabi savdo maydonchalari faoliyati tajriba tariqasida “Novza” metro stansiyasining piyodalar o‘tish yo‘llarida tashkil etiladi. Yer osti va yer usti metro bekatlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.

Bu Prezidentning 2022 yil 2 fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan. U jamoat transporti tizimini kompleks rivojlantirish, yo‘lovchilarga sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yillar davomida Toshkent metropoliten harakat tarkibini yangilash maqsadida to‘qqizta yangi to‘rt vagonli metro poyezdlari xarid qilingan hamda 23 ta to‘rt vagondan iborat metro poyezdlari kapital ta’mirlangan.

Eslatib o‘tamiz, yil yakuniga qadar metroda 5 vagondan iborat poyezdlar soni 12 taga yetkazish rejalashtirilayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing