Toshkent markazidagi “stoyanka”lar o‘rniga mehmonxona qurilyapti
Jamiyat
−
10 dekabr 2019
4264Toshkent shahrining AmirTemur, Shahrisabz, Mustaqillik, Istiqlol ko‘chalari oralig‘idagi avtoturargoh o‘rniga zamonaviy mehmonxonalar quriladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mehmonxona qurilishi munosabati bilan ba’zi jamoat transportlari yo‘nalishlari o‘zgaradi.
Jumladan, Istiqlol ko‘chasidagi avtobuslar so‘nggi bekatining bir qismi yopiladi. Shu bois bu yerdan harakatlanuvchi 96- yo‘nalish avtobuslari Taraqqiyot, Amir Temur, Istiqlol ko‘chalari orqali so‘nggi bekatgacha keladi. Qaytishda so‘nggi bekatdan Istiqlol, Mustaqillik, Amir Temur ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishini davom ettiradi.
53-yo‘nalish avtobuslari esa to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakatini A.Navoiy ko‘chasidan, Shaxrisabz, Mustaqillik, Istiqlol ko‘chalari orqali so‘nggi bekatigacha keladi. Qaytishda esa Istiqlol, Amir Temur, A.Navoiy ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishini davom ettiradi.
LiveBarchasi