Toshkent markazida avtomobillar ustiga daraxt qulab tushdi

Jamiyat

Bugun 24 aprel kuni Toshkent hududida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida, Toshkent shahrining markazida joylashgan Amir Temur xiyoboniga tutash Istiqbol ko‘chasida, yo‘l chetidagi daraxtlardan biri qulab tushgan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video xabarlarda ma’lum qilinmoqda.

Tasvirlarda Westminster xalqaro universiteti yaqinidagi daraxtlardan biri qulab tushgani va u bir necha avtomobillarga zarar keltirganini ko‘rish mumkin. Voqea guvohlarining aytishicha, mashinalar to‘xtab turish joyida bo‘lgan va hech kim mazkur hodisa natijasida jarohat olmagan, yoki jabrlanmagan.

Ma’lum qilinishicha, 7 ta avtomobil daraxt qulashidan jiddiy zarar ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

yog'ingarchilik

Baholaganlar

49

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing