Toshkentda maktab o‘qituvchilarining oyligi ko‘tariladi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2019
4343Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Xalq ta’limi muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “Toshkent tajribasi”ni joriy etish to‘g‘risida qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning iqtidori va qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, boshlang‘ich ta’limning sifatini oshirish maqsadida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab inklyuziv ta’limga jalb qilingan o‘quvchilar mavjud bo‘lgan barcha boshlang‘ich sinflarga “assistent o‘qituvchi” lavozimini joriy etadi va uning mehnatiga haq to‘lash oliy ma’lumotli o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasining 0,75 baravariga tenglashtiriladi.
Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan Toshkent shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari bazaviy tarif stavkalarining:
• ikkinchi toifali o‘qituvchi uchun 1,1 baravar;
• birinchi toifali o‘qituvchi uchun 1,25 baravar;
oliy toifali o‘qituvchi uchun 1,5 baravar miqdorlarida qo‘shimcha rag‘batlantirish oylik ustamalarini to‘lash tartibi joriy etiladi.
LiveBarchasi