Toshkent kimyo-texnologiya institutining filiali tashkil etildi
Jamiyat
−
11 iyul 2019
5683O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi.
Qarorga muvofiq, kimyoviy texnologiyalar sohasida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, korxonalarning muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantirish Filialning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.
2019/2020 o‘quv yilida Filialga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qaroriga asosan tasdiqlanadi.
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Qaror bilan Filial o‘z faoliyatini Yangiyer qurilish va kommunal xo‘jalik kasb-hunar kollejining bino va inshootlarida olib boradi.
Mazkur kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Filial binolarida o‘quv jarayonini davom ettiradi.
Shuningdek, Filialni yuqori malakali, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Filial uchun ilmiy-tadqiqot institutlari va respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tayanch doktoranturaga 2020 yildan maqsadli kvotalar ajratilishi ta’minlanadi.
LiveBarchasi