Toshkent XTBBga rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Yashin Sultonov Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugun, 1 fevral kuni Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligida Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi rahbariyati va barcha tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirlari ishtirokida sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlar va uning natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. 

Yig‘ilishda ayni vaqtgacha vakant bo‘lgan Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajarish Yashin Sultonovga yuklatilgan.

Mazkur tayinlovga qadar Yashin Sultonov Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi “O‘quv-ta’lim-ta’minot” DUK direktori vazifasida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

283

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing