Toshkent xalqaro kinofestivali mehmonlari aniqlandi

Biznes

image

Bugun, 27 sentyabr kuni “O‘zbekfilm” kinokonsernida “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali oldidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumandan avval, kinoijodkorlar, mutaxassislar va OAV vakillari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Shundan so‘ng, festival dasturi bilan tanishtirish maqsadida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur anjumanda kinofestivalga tashrif buyuradigan mehmonlar, dastur doirasida namoyish etiladigan filmlar va boshqa tadbirlar haqida OAV vakillariga to‘liq ma’lumot berildi. Mazkur mehmonlar qatorida biz sevib tomosha qiladigan hind va turk kinoyulduzlari ko‘rishimiz mumkin. Ular orasida Mithun Chakraborti , Huma Qureshi , Sanjay Gupta, O‘zjan Deniz, Serdar O‘rtach, Melisa Asli Pampuk, Nazan Kesal, Filez Ahmet va boshqalar bor. 

Mamlakatlardan kinofestivalga 150 dan ziyod mashhur kinoijodkorlar kelishi kutilmoqda. Ular orasida rejissyorlar, aktyorlar, prodyuserlar, xalqaro kinofestivallar, tashkilotlar, distribyutor kompaniyalarining vakillari tashrif buyurishadi. Ularning nomlari bugun ommaviy axborot vakillariga tanishtirildi.

Shuningdek, kun davomida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida xorijlik mehmonlar kutib olindi va mehmonxonalarga joylashtirildi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

282

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing