Toshkent xalqaro aeroportiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

“Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 22 noyabr kuni “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisining tegishli buyrug‘i bilan Jasur Po‘latov “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MCHJ direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan. 

Jasur Po‘latov Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U aviatsiya sohasidagi faoliyatini “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKda havo tashuvlarini tashkil etish agenti sifatida boshlagan. U yerda 2019 yilga qadar ishlagan. 

Shundan so‘ng mehnat faoliyatini O‘zbekiston Transport vazirligida davom ettirib, so‘nggi yillarda aeroportlarni rivojlantirish va yerusti ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

Po‘latov shu yildan “Uzbekistan Airports”da boshqaruv raisining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagan. Keyinchalik Buxoro aeroporti direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tayinlov direktor xalqaro aeroport Jasur Po'latov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing