Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 31 may kuni turizm, shahar infratuzilmasi, sanoat sohalaridagi loyihalar hamda Alisher Navoiy maqbarasini ta’mirlash va tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportidan shahar markaziga o‘tishdagi ko‘prik kengaytirilishi kerak. Hozirgi yo‘l o‘tkazgich 1967 yilda qurilgan. Poytaxt rivojlanishi va transportlar soni oshishi bilan uni rekonstruksiya qilish ehtiyoji paydo bo‘lgan. Shu bois ushbu ko‘prikning Kichik halqa yo‘li bilan kesishgan joyida aylanma shaklidagi yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilgan. Uning uzunligi 650, eni 30 metr bo‘lishi mo‘ljallangan.

Xabarga ko‘ra, bu muhandislik yechimi  avtotransportlarning ko‘prikka chiqishi va tushishini osonlashtiradi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydi. Bu yerdagi qulaylik yaqin atrofdagi ko‘chalarga ham ta’sir qilib, tirbandlik kamayishida muhim omil bo‘ladi.

Prezidentga milliy bog‘ hududida barpo etilayotgan Magic City madaniyat va istirohat bog‘ining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.

Loyiha konsepsiyasiga muvofiq bog‘ hududida sun’iy ko‘l tashkil etiladi va uning atrofida O‘zbekistonning tarixiy va diqqatga sazovor maskanlariga bag‘ishlangan tematik shaharcha quriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing