Toshkent xalqaro aeroportida endi yo‘lovchilar o‘zini-o‘zi ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarga bosqichma-bosqich yo‘lovchilarning mustaqil o‘zini ro‘yxatdan o‘tkazish Self Check-In zamonaviy tizimi joriy qilinmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ xabar qildi.

Bu tizim havo transporti kommunikatsiyalari va axborot texnologiyalari sohasida dunyoda yetakchi - SITA kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, shu kunlarda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 4 ta shunday kiosklar o‘rnatildi.

O‘zini o‘zi ro‘yxatdan o‘tkazish Self Check-In xizmati orqali yo‘lovchilarning ro‘yxatdan tez va oson o‘tishlari ta’minlanadi. Samolyotning istalgan o‘rindig‘idan joyni band etish va bir vaqtning o‘zida joylashish haqidagi talonni ham olish mumkin. Sayohatga otlanganlar yuklarini kioskdan mustaqil ro‘yxatdan o‘tkazib, parvozdan avval ularni tegishli xizmatlarga topshirish imkoniyatlari mavjud.

“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati Toshkent xalqaro aeroportiga muntazam parvozlarini amalga oshirayotgan barcha aviakompaniyalarga Self Check-In kioskalariga ulanish, xizmatdan samarali foydalanish taklifini kiritgan. Pandemiya cheklovlari tufayli hozir bu kiosk xizmatlaridan faqatgina “Turkish Airlines” aviakompaniyasi yo‘lovchilari foydalanmoqda.

Qayd etilishicha, imkoniyatlar birgina bu emas, “Uzbekistan Airports” AJ va Toshkent xalqaro aeroporti hozirda SITA kompaniyasi bilan yo‘lovchilarning yuklarini ham avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazish Self BagDrop tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib boryapti. Rejaga ko‘ra, bu amaliyot tizimli ravishda O‘zbekistondagi 11 ta xalqaro aeroportlarning hammasiga tadbiq etiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

aeroport

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing