Toshkent farmatsevtika institutining filiali tashkil etiladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyati Hazorasp tumanini 2020 — 2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qayd etilishicha, Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari bilan birgalikda “Xorazm viloyati Hazorasp tumanini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi” ishlab chiqilgan.

Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

Hazorasp tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlanish darajasi va farovonligini oshirish;

Hazorasp tumanida barcha xizmatlarni o‘z ichiga olgan zamonaviy logistika markazini tashkil etish;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarini ishga tushirish;

hududning tabiiy va iqlim sharoitiga xos bo‘lgan chorvachilik va baliqchilik sohalarini rivojlantirish;

yo‘l-transport infratuzilmasini va telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish;

ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash hamda boshqa ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatish darajasini yaxshilash;

sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va ularni qayta ishlash darajasini oshirish, shuningdek, xorijiy tajriba asosida chorvachilikni rivojlantirish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xamda Xorazm viloyat hokimligi:

Hazorasp tumani Sanoat qishlog‘i, “Sanoat” mahallasida joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga qarashli eski tibbiyot kolleji binosi negizida Hindiston, Rossiya hamda farmatsevtika sohasi rivojlangan Yevropa davlatlarining malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda Toshkent farmatsevtika instituti Hazorasp filialini tashkil qilish bo‘yicha taklifiga rozilik beriladi va bir oy muddatda Toshkent farmatsevtika instituti Hazorasp filialini tashkil qilish bo‘yicha hukumat qaror loyihasini ishlab chiqib belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Loyihaning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin. U 31 maygacha muhokamada bo‘ladi. Bu vaqtda unga o‘zgartirish kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent farmatsevtika instituti

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar